date

Ronaldu qizi bilan birga sport zalida shugʻullandi

Ronaldu qizi bilan birga sport zalida shugʻullandi

Krishtianu Ronalduning jufti Jorjina Rodriges ijtimoiy tarmoqlarda yangi surat ulashdi. Kadrda portugaliyalik hujumchi sport zalida gantellar bilan mashq qilayotgani aks etgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

41 yoshli futbolchi yonida uning qizlaridan biri ham bo‘lgan. Qizaloq ham gantel ko‘tarib turgan, biroq u kichik va pushti rangli ekan.

Jorjina suratga “Dada” deb izoh qoldirdi. Avvalroq u Ronalduga tug‘ilgan kuni munosabati bilan tabrik ham yo‘llagan, biroq post futbolchining 41 yoshga to‘lganidan bir kun o‘tib e’lon qilingani e’tibor tortgan.

Shu bilan birga, Ronaldu “Al-Nasr”ning bir nechta so‘nggi uchrashuvlarini o‘tkazib yubordi. OAVda esa portugaliyalik futbolchi klub boshqaruvidan norozi bo‘lgani sabab o‘yinlarni boykot qilayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ronaldu qizi bilan birga sport zalida shugʻullandi