date

Chempionlar Ligasi finali uchun rasmiy to'p namoyish etildi

Chempionlar Ligasi finali uchun rasmiy to'p namoyish etildi

Chempionlar Ligasida umumiy bosqich yakuniga yetdi. Endi pley-off o'yinlari boshlanadi: 16 jamoa stykov raundda maydonga tushib, 1/8 final yo'llanmasi uchun kurashadi. Umumiy bosqichdagi eng kuchli sakkiz klub esa allaqachon 1/8 finalga to'g'ridan-to'g'ri yo'l oldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Shu orada UEFA Chempionlar Ligasi finali uchun mo'ljallangan to'pni taqdim etdi. Yangi dizayn asosan to'q ranglarda bo'lib, unda oq yulduzlar aks etgan. To'p Adidas tomonidan ishlab chiqarilgan.

2025/2026 yilgi mavsum Chempionlar Ligasi finali Budapeshtda o'tkaziladi. “Quloqli” sovrin uchun hal qiluvchi bahs 30 may, shanba kuni bo'lib o'tadi (Toshkent vaqti bilan).

Hozirgi amaldagi chempion — PSJ. O'tgan finalda parijliklar “Inter”ni 5:0 hisobida yirik tarzda mag'lub etgandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Chempionlar Ligasi finali uchun rasmiy to'p namoyish etildi