date

Abaev Safonov Yevropadagi eng kuchli rossiyalik darvozabon bo'lishi mumkin

Abaev Safonov Yevropadagi eng kuchli rossiyalik darvozabon bo'lishi mumkin

Moskvaning «Lokomotiv» klubi sobiq futbolchisi Ilya Abaev «PSJ» darvozaboni Matvey Safonovning kelajakdagi imkoniyatlari haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Abaevga ko'ra, Safonovning Yevropada to'p surgan rossiyalik darvozabonlar orasida eng zo'ri bo'lishi uchun vaqt va barqarorlik kerak. Uning aytishicha, buning uchun Safonov «PSJ»da bir necha mavsum yuqori darajada o'ynab berishi lozim, shundan keyingina uni eng yaxshisi sifatida baholash mumkin.

Fransiya chempionatining joriy mavsumida 26 yoshli golkiper to'rtta uchrashuvda maydonga tushib, uchta gol o'tkazib yuborgan.

Safonov Parij klubiga 2024 yilda qo'shilgan. Rossiyalik darvozabon bilan tuzilgan shartnoma 2029 yil yozigacha amal qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Abaev Safonov Yevropadagi eng kuchli rossiyalik darvozabon bo'lishi mumkin