date

Ermakov Trubinning Real darvozasiga urgani goliga qoyil qoldi

Ermakov Trubinning Real darvozasiga urgani goliga qoyil qoldi

"Pari NN" yarim himoyachisi Nikita Ermakov "Benfika" darvozaboni Anatoliy Trubinning "Real" darvozasiga kiritgan goli unga qanday taassurot qoldirganini aytib berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Eslatib o'tamiz, Chempionlar ligasining 8-turida Trubin qo'shib berilgan daqiqalarda gol urib, portugaliyaliklarning pley-offga chiqishiga katta hissa qo'shdi.

Ermakovning so'zlariga ko'ra, bu epizod xuddi kinodagidek ko'ringan va u bunday holatni hali hech qachon ko'rmaganini ta'kidladi.

Qayd etish joiz, qur'a natijalariga binoan "Real" va "Benfika" Chempionlar ligasi pley-offining saralash (stikovoy) bosqichida yana o'zaro to'qnash keladi. Dastlabki uchrashuv 17-fevral kuni Lissabonda, javob o'yini esa 25-fevral kuni Madridda bo'lib o'tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ermakov Trubinning Real darvozasiga urgani goliga qoyil qoldi