Kunya MYUda soch oldirmaydigan fanatga munosabatni aytdi

«Manchester Yunayted» hujumchisi Mateus Kunya jamoa ketma-ket besh g‘alaba qozonmaguncha sochini oldirmaslikka qaror qilgan klub muxlisi haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
«Qizil iblislar» qariyb 500 kundan beri beshta uchrashuvni uzluksiz yutishga erisha olmayapti. Shu bois Frenk Aylet ismli fanat shu vaqt davomida sochini o‘stirib kelmoqda.
«Odamlarni bizning g‘alabalarimizdan ko‘ra uning soch turmagi ko‘proq qiziqtiryapti. Men uchun u qachon soch oldirishi umuman ahamiyatsiz, men faqat 15 ochko haqida o‘ylayman. Ha, ba’zan bu mavzuni eslab qo‘yamiz, lekin u bizni uncha ruhlantirmaydi. Biz buni “zo‘r” deb hisoblamaymiz. Albatta, besh yoki undan ko‘p o‘yinni ketma-ket yutishni hammadan ham ko‘proq biz xohlaymiz, ammo bu voqea juda ortiqcha e’tibor tortyapti», — dedi Kunya RomarioTVga bergan intervyusida.
23 fevral kuni Maykl Kerrik jamoasi safarda «Everton»ga qarshi maydonga tushadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!