“Kim ekan?” koʻrsatuvida hayajonli lahza: Yorqinxo‘ja onasini darhol tanidi

“Kim ekan?” ko‘rsatuvining navbatdagi soni tomoshabinlarga yana bir ta’sirli va mehrga boy lavhani taqdim etdi. Unda xonanda Yorqinxo‘ja Umarov niqob ortida turgan insonni hech qanday qiyinchiliksiz tanib oldi.
Eng qizig‘i, san’atkor onasi Zohida Umarova ni yuzini ko‘rmasdan turib ham harakatlari, qiliqlari va o‘ziga xos o‘yin-kulgilari orqali his qildi. Bu esa studiyadagilar va muxlislarda katta hayajon uyg‘otdi.
Ko‘rsatuv davomida farzand va ona o‘rtasidagi kuchli mehr, qalb yaqinligi yana bir bor namoyon bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ham ushbu holatni iliq fikrlar bilan qarshi olib, “Ona va farzand qalbi doim bog‘liq bo‘ladi”, deya izoh qoldirmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing