date

Yangi UAZ Patriot namoyish etildi: zamonaviy salon, yangi dvigatel va dizayn

Yangi UAZ Patriot namoyish etildi: zamonaviy salon, yangi dvigatel va dizayn

KhaDm insayderi yangilangan UAZ Patriot yoʻltanlamasining ilk suratlarini eʻlon qildi. Avtomobil yangi agregatlar va sezilarli darajada takomillashtirilgan jihozlar bilan bozorga chiqishga tayyorlanmoqda. Dastlabki maʻlumotlarga koʻra, mashina 136 ot kuchiga ega 2,0 litrli JAC dizel dvigateli va 6 pogʻonali mexanik uzatmalar qutisi bilan taʻminlanishi aytilgan edi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Keyinchalik muallif suratlarda 150 ot kuchiga ega ZMZ Pro benzinli motorli versiya aks etganini aniqlashtirdi. Shunga qaramay, JAC komponentlariga asoslangan dizel modifikatsiyalari ishlab chiqarish rejada borligi tasdiqlandi. Tashqi koʻrinishda yangi svetodiodli faralar, modernizatsiya qilingan chiroqlar va old parktroniklar koʻzga tashlanadi.

Avtomobil saloni ham sezilarli darajada yangilangan. Unda zamonaviy multirul, iqlim nazorati (klimat-kontrol) tugmalari, yangi multimedia ekrani va interyerni vizual jihatdan qimmatroq koʻrsatuvchi bir qator elementlar paydo boʻlgan. Bu oʻzgarishlar haydovchi va yoʻlovchilar uchun qulaylik darajasini oshirishga xizmat qiladi.

Yangi UAZ Patriot sotuvlari 2026-yilda boshlanishi kutilmoqda. Taxminiy boshlangʻich narx 2 million rubl atrofida boʻlishi aytilmoqda, biroq yangi dizel dvigatelli va kengaytirilgan opsiyali top-versiyalar narxi sezilarli darajada yuqori boʻlishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Avto » Yangi UAZ Patriot namoyish etildi: zamonaviy salon, yangi dvigatel va dizayn