Messi 2026 yilgi jahon chempionatini o'tkazib yuborishi mumkin

Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi 2026 yilgi jahon chempionatida ishtirok etmasligi ehtimoli bor. The Touchline xabariga ko'ra, 38 yoshli hujumchi mundialga bormaslik variantini ham inkor qilmayapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbada aytilishicha, hammasi Messining jismoniy holatiga bog'liq bo'ladi. U o'zini 100 foiz tayyorlikdan hatto 1 foizga pastroq sezsa ham, jahon chempionatiga yo'l olmaslik qarorini qabul qilishi mumkin.
Messi MLS darajasini mundial oldidan eng yuqori sport formasiga chiqish uchun yetarlicha raqobatli emas, deb hisoblaydi. Shu bois u bu kamchilikni to'liq, ya'ni 100 foizlik jismoniy tayyorgarlik bilan qoplash kerakligini tushunadi.
2026 yilgi jahon chempionatida Argentina amaldagi chempion sifatida titulini himoya qiladi. Oxirgi mundial finalida “albiseleste” Fransiyani 3:3 hisobidagi durangdan so'ng penaltilar seriyasida mag'lub etgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!