Slutskij boshqaruvidagi Shanxay Shenshua Osiyo Chempionlar ligasidan chiqib ketdi

Osiyo Chempionlar ligasida Shanxay Shenshua o‘z maydonida Yaponiyaning Matida Zelviya jamoasiga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Uchrashuvda Leonid Slutskij shogirdlari o‘yin boshidayoq gol o‘tkazib yubordi, yakuniy daqiqalarda esa yana bir bor taslim bo‘ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mehmonlar safida Yuki Soma dubl qayd etdi: u 3-daqiqada hisobni ochdi, 88-daqiqada esa uchrashuvga nuqta qo‘ydi. Natijada Shanxay Shenshua umumiy bosqichning yetti turidan so‘ng bor-yo‘g‘i 4 ochko to‘plab, pley-offga chiqish imkoniyatidan butunlay ayrildi.
Eslatib o‘tamiz, Leonid Slutskij Xitoy klubini 2023 yil oxirida qabul qilib olgandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing