Arsenal chempionlikdan soʻng yulduz futbolchisini yoʻqotishi mumkin

Arsenal Angliya Premer-ligasida uzoq kutilgan chempionlikka juda yaqin turibdi. Biroq, klubning sobiq himoyachisi Mikael Silvestrning fikricha, mavsum yakunidagi zafarli onlardan soʻng jamoada kutilmagan oʻzgarishlar yuz berishi mumkin. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Mikael Silvestr Gabriel Martinelli jamoani tark etish haqida oʻylayotgan boʻlishi mumkinligini taʼkidladi. Braziliyalik futbolchi 2019-yildan buyon Arsenal sharafini himoya qilib kelmoqda va jamoaning eng tajribali oʻyinchilaridan biri hisoblanadi.
Joriy mavsumda Martinelli koʻproq zaxiradan maydonga tushmoqda va Leandro Trossard asosiy tarkibda koʻproq imkoniyat olmoqda. Aynan oʻyin amaliyotining kamligi 22 marta terma jamoa libosini kiygan futbolchini yangi chaqiriqlar izlashga undashi mumkin.
Silvestrning soʻzlariga koʻra, chempionlik unvoni bilan xayrlashish Martinelli uchun eng maqbul vaqt boʻlishi mumkin. Shunga qaramay, Arsenal rahbariyati Mikel Arteta tarkibini kuchaytirish uchun yozgi transfer oynasida faol harakat qilishi kutilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!