Real Madrid Sevilya maydonida gʻalaba qozondi: Vinicius Junior qahramon, Mbappe soyada

La Liga doirasidagi bahsda Real Madrid safarda Sevilya ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozondi. Uchrashuvdagi yagona gol 15-daqiqada Vinicius Junior tomonidan kiritildi. Bu braziliyalik futbolchining joriy mavsumdagi 22-goli boʻldi va u jamoasiga muhim uch ochkoni taqdim etdi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Oʻyin oldidan barcha eʼtibor Kylian Mbappening asosiy tarkibga qaytishiga qaratilgandi. Biroq fransiyalik hujumchi oʻzini koʻrsata olmadi. U beshta zarba yoʻllagan boʻlsa-da, ularning birortasi darvoza toʻgʻrisiga bormadi, shuningdek, 15 marta toʻpni boy berdi va koʻplab yakkakurashlarda magʻlub boʻldi.
Golli vaziyatda Mbappening himoyachiga nisbatan ishlatgan qoʻpolligi bahslarga sabab boʻldi, biroq hakamlar oʻyinni davom ettirishga qaror qilishdi. Ikkinchi boʻlimda Mbappe darvozabonni aldab oʻtib gol urgan boʻlsa-da, ofsayd sababli bu gol hisobga olinmadi.
Oʻyin yakunida Sevilya hisobni tenglashtirish uchun keskin hujumlar uyushtirdi. Real Madrid darvozaboni Thibaut Courtois bir necha bor jamoasini muqarrar goldan saqlab qoldi, ayniqsa Kike Salasning zarbasini qaytargani madridliklarning gʻalabasini taʼminladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!