date

Optik tolali kabellar taqchilligi: yetkazib berish muddatlari bir yilgacha choʻzildi

Optik tolali kabellar taqchilligi: yetkazib berish muddatlari bir yilgacha choʻzildi

Rebio Group tahlillariga koʻra, Shimoliy Amerikada optik tolali kabellarga boʻlgan talab joriy yilda 22–25 foizga oshishi kutilmoqda, taklif esa atigi 12–19 foizga oʻsishi prognoz qilinmoqda. Yirik xaridorlar uchun mahsulotni yetkazib berish muddati 20 haftadan oshib ketgan boʻlsa, kichik xaridorlar uchun bu muddat bir yilgacha choʻzilishi mumkin. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Texnologiya gigantlari ushbu muammoni koʻp yillik shartnomalar tuzish orqali hal qilmoqda. Yanvar oyida Meta dunyodagi eng yirik optik kabel ishlab chiqaruvchisi boʻlgan Corning Incorporated kompaniyasi bilan 6 milliard dollarlik yetkazib berish shartnomasini imzoladi. Corning hozirda jahon bozorining 10,4 foizini egallab turibdi.

Shuningdek, NVIDIA kompaniyasi Shimoliy Karolina va Texasda uchta yangi optik tolali kabel zavodini qurish uchun Corning kompaniyasiga 300 million dollar sarmoya kiritdi. Ushbu investitsiyalar NVIDIA kompaniyasiga AQSh bozorida ishlab chiqarish quvvatlarining salmoqli qismini nazorat qilish imkonini beradi.

Starview tadqiqot kompaniyasi prognozlariga koʻra, optik tolali kabellar jahon bozori 2025–2031-yillar oraligʻida oʻrtacha 4,1 foizga oʻsib, 2031-yilga kelib 12,6 milliard dollarlik hajmga yetadi. Avvalroq Xitoyda maxsus optik tolali mahsulotlar narxi bir yil ichida oʻn barobarga oshgani haqida xabar berilgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Optik tolali kabellar taqchilligi: yetkazib berish muddatlari bir yilgacha choʻzildi