Naumov Mourinyu uchun Saudiya ligasini mos ko'rdi

"Lokomotiv"ning sobiq prezidenti Nikolay Naumov "Benfika" bosh murabbiyi Joze Mourinyuning kelajagi haqida fikr bildirib, unga eng mos manzil sifatida Saudiya Arabistoni chempionatini tilga oldi. Mutaxassis bu haqda "Yevro-Futbol.Ru" nashriga bergan intervyusida gapirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Naumovning aytishicha, Mourinyu avvalgi yillardagi sirli va noodatiy uslubidan ancha uzoqlashgan. Uning fikricha, portugaliyalik murabbiy futbol trendlaridan ortda qolgan va hozirgi paytda avvalgidek keskin farq qiladigan figura emas.
Shu bois Naumov Mourinyuga tanaffus kerakligini ta'kidlab, Saudiya Arabistonida esa ham sharoit, ham imkoniyat borligini qo'shdi: u yerda maoshlar yuqori, shov-shuvni yoqtirishadi va tajribali, yoshi katta yulduzlar bilan ishlash osonroq. Naumov nazarida, aynan shu liga Mourinyuga ko'proq mos keladi.
Eslatib o'tamiz, Mourinyu boshqaruvidagi "Benfika" Chempionlar ligasi 1/16 finalida Madridning "Real" klubiga qarshi maydonga tushadi. Dastlabki uchrashuv 17 fevral kuni Portugaliyada bo'lib o'tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!