Elche ustun bo'ldi, biroq Osasunaga gol ura olmadi

Ispaniya La Ligasining 24-turi ilk uchrashuvida «Elche» maydonda «Osasuna»dan ancha faol va ustun ko'rindi, ammo hisobni ochishga erisha olmadi. Mezbonlar 12 bor zarba yo'llagan bo'lsa-da, ularning hammasi ham darvoza uchun jiddiy xavf tug'dirmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
O'yin boshida Lukas Sepeda uzoqdan zarba bilan darvozabonni sinovdan o'tkazdi, qaytgan to'pga yetib borgan Alvaro Rodriges esa darvozani nishonga ola bilmadi. Ikkinchi bo'limda «Osasuna» posboni Andre Silvaning jarima maydoni ichidagi zarbasini qaytardi. Uchrashuv so'ngida Xerman Valera hujumni keskinlashtirdi, biroq Rodriges darvozabonni ham yana bir bor aldab o'ta olmadi.
Yakunda 0:0 qayd etildi. «Elche» turnir jadvalida 13-o'rinni bo'lishib turibdi, «Osasuna» esa 9-pog'onada.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!