date

Messi 2026 yilgi JCHda ishtirok etmasligi mumkin

Messi 2026 yilgi JCHda ishtirok etmasligi mumkin

Lionel Messi kelasi yoz bo‘lib o‘tadigan 2026 yilgi jahon chempionatida Argentina terma jamoasi safida maydonga tushmasligi ehtimoldan xoli emas. The Touchline xabariga ko‘ra, 38 yoshli hujumchi mundialga bormaslik variantini ham ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Qaror asosan Messining jismoniy holatiga bog‘liq bo‘ladi. Manbaga ko‘ra, u o‘zini 100 foiz tayyor deb his qilmasa, hatto “1 foiz” kamlik sezilsa ham, jahon chempionatiga yo‘l olmaslikni tanlashi mumkin.

Messi MLS darajasi mundial oldidan eng yuqori sport formasiga chiqish uchun yetarlicha raqobatli emas, deb hisoblaydi. Shu bois Argentina sardori bu omilni to‘liq jismoniy tayyorgarlik bilan qoplash zarurligini yaxshi tushunadi.

2026 yilgi jahon chempionatida Argentina amaldagi chempion sifatida titulini himoya qiladi. Qatar-2022 finalida “albiseleste” Fransiyani 3:3 hisobidagi durangdan so‘ng penaltilar seriyasida mag‘lub etgandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Messi 2026 yilgi JCHda ishtirok etmasligi mumkin