Jezush Ronalduga dam berdi va u o'yinni o'tkazib yuboradi

«Al-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronaldu nega yaqinlashib kelayotgan uchrashuvda maydonga tushmasligini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ar-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida «Arkadag»ga qarshi bahs olib boradi. Portugaliyalik yulduz hujumchi tez orada safga qaytishi kutilayotgan bo'lsa-da, bu o'yinda ham u tarkibda bo'lmaydi.
Jezushning aytishicha, jamoa tig'iz taqvim sabab Ronaldu va asosiy tarkibdagi yana bir qator futbolchilarga dam berishga qaror qilgan. Murabbiy bu qarorni oldinda «Al-Fateh»ga qarshi muhim uchrashuv turgani bilan izohladi.
Al Nassr Zone keltirgan iqtibosda Jezush Ronalduga dam berish odatiy hol ekanini ham ta'kidladi: uning Saudiya Arabistonidan tashqarida o'tadigan o'yinlarni vaqti-vaqti bilan o'tkazib yuborishi birinchi marta emas.
Saudiya chempionatining «Al-Fateh» — «Al-Nasr» uchrashuvi shanba, 14-fevral kuni bo'lib o'tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!