date

Ronaldu keyingi o'yinda maydonga qaytishga qaror qildi

Ronaldu keyingi o'yinda maydonga qaytishga qaror qildi

«Al-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu yaqinlashib kelayotgan uchrashuvda jamoasiga yordam beradi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

41 yoshli futbolchi Saudiya Arabistoni chempionatidagi so'nggi ikki bahsda maydonga tushmagan edi. Biroq endi u yakuniy qarorini qabul qilib, safga qaytishga tayyor. Jurnalist Fabritsio Romanoning xabar berishicha, portugaliyalik yulduz shanba kuni «Al-Fateh»ga qarshi o'yinda qatnashishi kutilmoqda. Hujumchi jamoa bilan birga uchrashuv bo'lib o'tadigan El-Hasaga yetib borgan.

O'yin 22:30 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi. Hozirda «Al-Nasr» Saudiya ligasi turnir jadvalida uchinchi o'rinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ronaldu keyingi o'yinda maydonga qaytishga qaror qildi