date

Qayrat futbolchisi Mbappe bilan futbolka almashganini esladi

Qayrat futbolchisi Mbappe bilan futbolka almashganini esladi

Qozog‘istonning «Qayrat» klubi himoyachisi Aleksandr Martynovich Yevropa Chempionlar ligasi umumiy bosqichi doirasidagi uchrashuvdan keyin «Real» hujumchisi Kilian Mbappe bilan futbolka almashgan jarayonini yodga oldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Futbolchining aytishicha, u o‘yin tugagach, tunneldagi xonada Mbappedan futbolkasini so‘ragan. «U “Ha, muammo yo‘q”, dedi va maykasini berdi. Keyin men undan: “Senga meniki kerakmi?” deb so‘radim. U esa: “Ha, albatta”, deb javob berdi», — dedi Martynovich «Match TV» efirida.

Eslatib o‘tamiz, «Qayrat» — «Real» bahsi o‘tgan yil sentyabrida bo‘lib o‘tgan va Madrid klubi qozog‘istonliklarni 5:0 hisobida yirik mag‘lubiyatga uchratgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Qayrat futbolchisi Mbappe bilan futbolka almashganini esladi