Martynovich Arsenal futbolchisi bilan kulgili suhbatni esladi

“Qayrat” himoyachisi Aleksandr Martynovich Chempionlar ligasidagi so‘nggi bahsdan keyin “Arsenal” futbolchisi Kay Haverts bilan bo‘lgan qiziqarli muloqoti haqida gapirdi. Uning aytishicha, londonlyklar yetakchisiga Martynovichning chehrasi tanish tuyulgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Martynovichning so‘zlariga ko‘ra, Haverts undan: “Negadir yuzing menga juda tanish”, deb so‘ragan. Aleksandr esa bunga javoban avvalroq “Bayer”ga qarshi o‘yinlarda yaxshi natija qayd etishgani, shuningdek, Haverts “Chelsi” safida bo‘lgan paytda ham bir necha bor to‘qnash kelishganini eslatgan.
Himoyachi shuningdek, shaxsiy kolleksiyasida Havertsning o‘yin futbolkasi borligini ham ma’lum qildi. Martynovich faoliyati davomida Rossiya klublarida ham to‘p surgan — u “Krasnodar”, “Ural” va “Rubin” safida o‘ynagan.
Eslatib o‘tamiz, “Arsenal” va “Qayrat” yanvar oyining oxirida Chempionlar ligasining umumiy bosqich so‘nggi turida uchrashgan. London klubi o‘z maydonida 3:2 hisobida g‘alaba qozongan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!