Ronaldu maydonga qaytdi va darhol gol urdi

"Al-Nasr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu maydonga qaytishini gol bilan bezadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Portugaliyalik futbolchi Saudiya Arabistoni chempionatidagi avvalgi ikki o‘yinda ishtirok etmagandi, biroq qaytgan zahoti o‘z so‘zini aytdi: u "Al-Fateh" darvozasini 18-daqiqadayoq ishg‘ol qildi. Uchrashuv "Al-Nasr"ning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
O‘yin tugaganidan ko‘p o‘tmay, 41 yoshli hujumchi ijtimoiy tarmoqlarda post qoldirib, "Yana bir qadam oldinga. Shu ruhda davom etish kerak", deb yozdi.
Er-Riyod klubi Saudiya ligasi turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda va peshqadam "Al-Hilol"dan atigi bir ochko ortda qolmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing