date

Martynovich Haverts bilan kulgili suhbatni esladi

Martynovich Haverts bilan kulgili suhbatni esladi

«Kayrat» himoyachisi Aleksandr Martynovich Chempionlar ligasidagi «Arsenal»ga qarshi o‘yindan keyin raqib futbolchisi Kay Haverts bilan bo‘lib o‘tgan qiziqarli muloqot haqida gapirdi. Uning aytishicha, londonlik futbolchi Martynovichning chehrasini qaerdandir taniyotgandek bo‘lgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Martynovichning so‘zlariga ko‘ra, Haverts: «Nega bilmadim, yuzingiz menga juda tanish», degan. Shunda futbolchi avvalroq «Bayer»ga qarshi o‘yinlarni eslatib, o‘sha paytda nemis klubidan o‘tib ketishganini aytgan. Keyin esa Haverts «Chelsi» safida to‘p surgan davrda ham maydonda bir necha bor to‘qnash kelishganini qo‘shimcha qilgan.

Martynovich Havertsning o‘yin futbolkasi uning shaxsiy kolleksiyasida borligini ham qayd etdi. Ma’lumot uchun, Aleksandr avvalroq Rossiyada «Krasnodar», «Ural» va «Rubin» klublarida ham to‘p surgan.

Eslatib o‘tamiz, «Arsenal» va «Kayrat» yanvar oxirida Chempionlar ligasining umumiy bosqichi so‘nggi turida o‘ynagan. London jamoasi o‘z maydonida 3:2 hisobida g‘alaba qozongan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Martynovich Haverts bilan kulgili suhbatni esladi