date

Jezush Ronalduga dam berdi va u navbatdagi o‘yinda yo‘q

Jezush Ronalduga dam berdi va u navbatdagi o‘yinda yo‘q

«Al-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronaldu nega yaqinlashib kelayotgan uchrashuvni o‘tkazib yuborishini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ar-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida «Arkadag»ga qarshi maydonga tushadi. Portugaliyalik yulduz forvard tez orada maydonga qaytishi kutilayotgani aytilayotgan bo‘lsa-da, aynan shu bahsda u jamoaga yordam bera olmaydi.

Jezushning so‘zlariga ko‘ra, murabbiylar shtabi zich taqvim sabab Ronaldu va asosiy tarkibdagi yana bir nechta futbolchiga dam berishga qaror qilgan. Sababi oldinda chempionatdagi muhim to‘qnashuv — «Al-Fateh»ga qarshi o‘yin turibdi.

«Ronalduga dam berish yangilik emas. Bu Saudiya Arabistoni tashqarisida o‘tadigan uchrashuvlarda u ilk bor maydonga tushmayotgani ham emas», — deya Jezushning fikrini keltiradi Al Nassr Zone.

Saudiya chempionatida «Al-Fateh» — «Al-Nasr» uchrashuvi shanba, 14-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Jezush Ronalduga dam berdi va u navbatdagi o‘yinda yo‘q