Messi Lego konstruktori yordamida jahon kubogini yigdi

Argentina terma jamoasi yulduz hujumchisi Lionel Messi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida qiziqarli post bilan bo'lishdi. Surat va videolardan uning Lego konstruktori orqali jahon chempionligi kubogining maketini yig'ib chiqqani ko'rindi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Messi e'lon ostida “Buni yakunladik, Lego”, deb yozib, natijadan mamnunligini yashirmadi. Yig'ilgan model balandligi bo'yicha asl trofeyga mos keladi, konstruktor esa 2842 ta detaldan iborat.
Bunday murakkab maketni yig'ish anchagina vaqt va sabr talab qilishi aniq. Messi esa bu ishni oxirigacha yetkazib, muxlislariga yakuniy ko'rinishni namoyish etdi.
Eslatib o'tamiz, Argentina terma jamoasi amaldagi jahon chempioni hisoblanadi. O'tgan mundial finalida “albiseleste” Fransiya bilan 3:3 hisobidagi durangdan so'ng penaltilar seriyasida g'alaba qozongan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!