date

Martynovich Haverts bilan uchrashuvdagi kulgili suhbatni esladi

Martynovich Haverts bilan uchrashuvdagi kulgili suhbatni esladi

«Qayrat» himoyachisi Aleksandr Martynovich Chempionlar ligasidagi so‘nggi o‘yindan keyin «Arsenal» futbolchisi Kayu Haverts bilan bo‘lgan qiziqarli muloqoti haqida gapirib berdi. Uning aytishicha, londonlik yarim himoyachiga Martynovichning chehrasi nimagadir juda tanish tuyulgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Martynovichning so‘zlariga ko‘ra, Haverts: «Nimadir sening yuzing menga juda tanish», degan. Shunda Aleksandr avvalroq «Bayer»ga qarshi o‘ynaganini, hatto o‘sha bahsda raqibni mag‘lub etib, keyingi bosqichga o‘tishganini eslatgan. Shuningdek, Haverts «Chelsi»da to‘p surgan paytida ham ular bir necha bor maydonda to‘qnash kelganini qayd etdi.

Martynovich kolleksiyasida Havertsning o‘yin futbolkasi ham borligini alohida ta’kidladi. Eslatib o‘tamiz, Aleksandr avval Rossiya chempionatida ham to‘p surib, «Krasnodar», «Ural» va «Rubin» safida o‘ynagan.

Ma’lumot uchun, «Arsenal» va «Qayrat» yanvar oyi oxirida Chempionlar ligasining umumiy bosqichi so‘nggi turida uchrashgan. London klubi o‘z maydonida 3:2 hisobida g‘alaba qozongan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Martynovich Haverts bilan uchrashuvdagi kulgili suhbatni esladi