Trubin Realga urgan goli uni hammaga tanitdi

Portugaliyaning "Benfika" klubi darvozaboni Anatoliy Trubin Madridning "Real" darvozasiga urgan goli haqida xotiralari bilan o'rtoqlashdi. O'sha gol "burgutlar"ga Chempionlar ligasida pley-off bosqichiga yo'l ochib bergan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Trubinning aytishicha, u 6 yoshidan beri futbol o'ynab, maydondagi asosiy vazifasi gol o'tkazmaslik bo'lishi uchun tinmay mehnat qilgan. Biroq u hozir ko'pchilik uni aynan bitta epizod — urgan goli sabab taniyotganini ta'kidladi.
Darvozabon bu voqea hanuz o'ziga g'alati tuyulishini yashirmadi. Uning so'zlariga ko'ra, mashg'ulotdan keyin bir muxlis yoniga kelib suratga tushishni so'ragan va "bu juda chiroyli gol bo'ldi" deya maqtadi. Trubin bu lahza uzoq vaqt yodida qolishini aytdi.
Shuningdek, u "Benfika" keyingi bosqichga chiqishi uchun yana gol urishi kerakligini o'sha paytda to'liq anglamaganini ham tan oldi.
Trubinning hikoya qilishicha, jarima zarbasi belgilanganida murabbiy unga oldinga chiqishni ko'rsatgan. Shunda u jamoadoshlaridan biriga: "Bizga yana bitta gol kerakmi?" deb so'ragan. Darvozabon o'yin paytida ko'p o'ylamasdan, vaziyat talab qilgan ishni bajarishini, hammasi juda tez sodir bo'lganini ta'kidladi. Uningcha, uzatma juda aniq chiqqani yoki bu shunchaki bo'lishi kerak bo'lgan holat edi.
Chempionlar ligasi pley-offida "Benfika" yana Madridning "Real" jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuvlar 17 va 26 fevral kunlari bo'lib o'tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!