date

Garri Keyn 21 asrda penaltidan gollar bo'yicha uchinchi

Garri Keyn 21 asrda penaltidan gollar bo'yicha uchinchi

“Bavariya” hujumchisi Garri Keyn faoliyatida penaltidan 100-golini urdi. Angliyalik forvard Bundesligada “Verder”ga qarshi o'yinda (3:0) 11 metrlik zarbani aniq ijro etdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Shu uchrashuvning o'zida 32 yoshli futbolchi umumiy hisobda 500 ta gol chegarasiga ham yetib bordi.

FIFA World Cup Stats ma'lumotiga ko'ra, Keyn 21 asrda penaltidan 100 ta gol urgan atigi uchinchi futbolchiga aylandi. Bu ko'rsatkich bo'yicha undan faqat Krishtianu Ronaldu (181) va Lionel Messi (112) oldinda bormoqda.

Garri Keyn 2023 yilda “Tottenhem”dan “Bavariya”ga ko'chib o'tgan. U faoliyatining boshidan beri londonliklar safida to'p surib kelgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Garri Keyn 21 asrda penaltidan gollar bo'yicha uchinchi