Flik Barselonada hozir muammo borligini tan oldi

Kataloniyaning “Barselona” jamoasi Ispaniya chempionatida navbatdagi mag‘lubiyatini qabul qildi — bu safar ularni derbida “Jirona” taslim etdi. Bosh murabbiy Xansi Flik o‘yindan keyin jamoaning hozirgi holatidan norozi ekanini yashirmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Nemis mutaxassis vaziyatni ochiqchasiga inqiroz deb atadi. Uning eslatishicha, o‘tgan hafta “Barselona” Ispaniya Kubogida Madridning “Atletiko”siga yirik hisobda yutqazgandi — 0:4.
“Hammasi joyida emas, biz inqirozdamiz. Oldinda bir hafta bor — qattiq ishlaymiz va yechim topishga harakat qilamiz. Balki bizga boshqa mentalitet, boshqa daraja kerakdir. Biz albatta yaxshiroq o‘ynashimiz shart”, — deya Flikning so‘zlarini klub rasmiy sayti keltirdi.
Ushbu natijadan so‘ng “Barselona” Ispaniya chempionati turnir jadvalida peshqadamlikni boy berdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!