Garri Keyn XXI asrda penaltilar bo‘yicha kuchli uchlikka kirdi

"Bavariya" hujumchisi Garri Keyn faoliyatidagi 100-penaltini aniq amalga oshirdi. Angliyalik forvard Bundesligada "Verder"ga qarshi uchrashuvda (3:0) 11 metrlikdan gol urdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
O‘sha o‘yinning o‘zida 32 yoshli futbolchi yana bir muhim marrani ham qayd etdi: u umumiy hisobda faoliyatidagi 500-goliga yetdi.
FIFA World Cup Stats ma’lumotiga ko‘ra, Keyn XXI asrda penaltilardan 100 ta gol urishga erishgan atigi uchinchi futbolchiga aylandi. Bu ko‘rsatkichda undan faqat Krishtianu Ronaldu (181) va Lionel Messi (112) oldinda bormoqda.
Garri Keyn 2023 yilda "Tottenhem"dan "Bavariya"ga o‘tgan. U professional faoliyatining katta qismini London klubida o‘tkazgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing