date

Iturralde Valverde epizodi uchun qizil kartochka bo'lishini aytdi

Iturralde Valverde epizodi uchun qizil kartochka bo'lishini aytdi

FIFA toifasidagi sobiq hakam Iturralde Gonsales «Benfika»ning UEFAga yo‘llagan shikoyati yuzasidan fikr bildirdi. Lissabon klubi «Real»ga qarshi o‘yinda hakamlik adolatsiz bo‘lganini ta’kidlagan, bahsning 82-daqiqasida Federiko Valverde Samuyel Dalga zarba bergan vaziyatda esa mezbonlar futbolchisiga qizil kartochka ko‘rsatilmagan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Iturraldening fikricha, bu epizodda qat’iy qaror bo‘lishi kerak edi. «Bu — qizil kartochka. U hech qanday sababsiz zarba berdi. Valverdeni, hatto raqibiga to‘liq tekkizmagan bo‘lsa ham, maydondan chetlatish lozim edi», — deb sobiq arbitrdan iqtibos keltiradi AS.

«Benfika» va «Real» o‘rtasidagi uchrashuv UEFA Chempionlar ligasi pley-off bosqichi doirasida o‘tkazildi. Madridliklar Vinisius Juniorning goli evaziga 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Javob o‘yini 24-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Iturralde Valverde epizodi uchun qizil kartochka bo'lishini aytdi