Al-Nasr murabbiyi Ronalduga navbatdagi o'yinda dam beradi

«Al-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronaldu nega yaqinlashib kelayotgan uchrashuvda maydonga tushmasligini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ar-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida «Arkadag»ga qarshi bahs olib boradi. Portugaliyalik yulduz hujumchi qisqa fursatda yana jamoa safida ko'rinishi kutilayotgandi, biroq bu o'yinda ham u ro'yxatdan joy olmadi.
«Zich taqvim sabab Ronaldu va asosiy tarkibdagi bir qator futbolchilarga dam berishga qaror qildik. Oldinda «Al-Fateh»ga qarshi juda muhim uchrashuv bor», — deya Jezushning so'zlarini keltiradi Al Nassr Zone.
Mutaxassis Ronaldu uchun bunday tanaffus yangilik emasligini ham qo'shimcha qildi: u Saudiya Arabistoni tashqarisida o'tadigan ayrim o'yinlarda avval ham ishtirok etmagan.
Saudiya chempionatidagi «Al-Fateh» — «Al-Nasr» uchrashuvi shanba kuni, 14 fevralda bo'lib o'tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!