Gerreyru "PSJ"ga qarshi EChL o'yinini o'tkazib yuboradi

"Bavariya" himoyachisi Rafael Gerreyru jarohati sabab Chempionlar ligasi doirasidagi "PSJ"ga qarshi muhim o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Portugaliyalik futbolchi Germaniya chempionatining "Mayns"ga qarshi bahsida mushagidan jarohat olgan bo‘lib, uning safga qaytish muddati hozircha noma’lum. Shu bilan birga, shartnomasi yakunlanayotgan 32 yoshli himoyachining joriy mavsum oxirida Myunxen klubini tark etishi ham rasman tasdiqlandi. Hozirda uning xizmatlariga "Yuventus" va "Benfika" kabi jamoalar qiziqish bildirmoqda.
"Bavariya" jamoasi himoyachisi Rafael Gerreyru jarohati sabab Chempionlar ligasi yarim finalining dastlabki uchrashuvida maydonga tusha olmaydi. Myunxenliklar bosh murabbiyi Vinsent Kompani Parijning "PSJ" klubiga qarshi muhim bahsda 32 yoshli futbolchi xizmatidan foydalana olmaydi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Klub matbuot xizmati xabariga ko'ra, Gerreyru Germaniya chempionati doirasidagi "Mayns"ga qarshi o'yinda chap oyog'idan jarohat olgan. Tibbiy ko'rik natijasida futbolchining mushaklari biroz shikastlangani ma'lum bo'ldi.

Myunxenliklar g'alaba qozongan o'sha bahsda himoyachi asosiy tarkibda maydonga tushgan edi.
Hozircha portugaliyalik himoyachining qachon safga qaytishi aniq emas, biroq u seshanba kuni Parijda bo'lib o'tadigan o'yinni aniq o'tkazib yuboradi. Gerreyru joriy mavsumda barcha musobaqalarda 27 ta uchrashuvda qatnashib, 6 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Shuningdek, Rafael Gerreyru mavsum yakunida "Bavariya"ni tark etishi tasdiqlandi. Uning amaldagi shartnomasi shu yozda tugaydi va klub rahbariyati bitimni uzaytirmaslikka qaror qildi.
Futbolchiga Italiyaning "Yuventus" va Portugaliyaning "Benfika" klublari qiziqish bildirmoqda.






























Izohlar 0
…