date

Argentina futboli rahbari Tapia korrupsiya ishi bo'yicha so'roq qilinadi

Argentina futboli rahbari Tapia korrupsiya ishi bo'yicha so'roq qilinadi

Argentina futbol assotsiatsiyasi (AFA) prezidenti Klaudio Tapia ijtimoiy badallar to'lanmagani bo'yicha ochilgan ish doirasida prokuraturaga so'roqqa chaqirildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

U bilan birga tashkilot g'aznachisi Pablo Tovigino ham ish bo'yicha gumondorlar qatorida tilga olinmoqda. Huquq-tartibot idoralari har ikkisine ham mamlakatni tark etishni taqiqlagan.

So'roq 5 mart kuni bo'lib o'tishi belgilangan. Tergov ma'lumotiga ko'ra, AFA tomonidan ijtimoiy badallar bo'yicha davlat g'aznasiga 13 mln dollar yetib bormagani aniqlangan.

Shuningdek, Tapia mulkida qayd etilgan 10 gektarlik, vertolyot qo'nish maydonchasiga ega hashamatli mulk ham tekshiruv e'tibor markazida.

Prokuratura alohida tarzda futbolchilarga berilgan bonuslar miqdorini ham o'rganmoqda: ular Tapianing dunyo bo'ylab parvoz xarajatlaridan ham kam ekani qayd etilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Argentina futboli rahbari Tapia korrupsiya ishi bo'yicha so'roq qilinadi