AQSh xorijda ishlab chiqarilgan barcha marshrutizatorlarni taqiqladi

AQSh xorijda ishlab chiqarilgan barcha marshrutizatorlarni taqiqladi
Qisqacha

AQSh Federal aloqa komissiyasi (FCC) xorijda ishlab chiqarilgan barcha yangi iste’molchi routerlari va portativ Wi-Fi qurilmalarini mamlakatga olib kirishni taqiqladi. Ushbu cheklov faqat hali sotuvga chiqmagan yangi modellarga taalluqli bo‘lib, smartfonlar va korporativ darajadagi uskunalar hozircha bundan mustasno. FCC yaqin orada ruxsat etilgan ittifoqchi davlatlar ro‘yxatini e’lon qiladi, biroq Xitoy brendlarining ushbu ro‘yxatga kirmaslik ehtimoli juda yuqori.

AQSh Federal aloqa komissiyasi (FCC) xorijda ishlab chiqarilgan barcha yangi iste'molchi routerlarini mamlakatga olib kirishni taqiqlash haqida qaror qabul qildi. Ushbu cheklov nafaqat an'anaviy uy routerlarini, balki portativ Wi-Fi qurilmalari hamda turar joylarda ishlatiladigan LTE va 5G uskunalarini ham o'z ichiga oladi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Yangi qoidalarga ko'ra, SIM-karta orqali uy tarmog'iga ulanishni ta'minlovchi xorijiy qurilmalarning importi qat'iy nazorat qilinadi. Biroq, hozircha ushbu taqiq hotspot funksiyasiga ega smartfonlarga taalluqli emas.

Shuningdek, cheklovlar faqat hali sotuvga chiqmagan yangi modellarga nisbatan qo'llaniladi.

Mavjud eski modellar va korporativ darajadagi routerlar vaqtincha ushbu cheklovlardan ozod etilgan. FCC yaqin orada ittifoqchi davlatlarda ishlab chiqarilgan va AQSh bozoriga kirishiga ruxsat beriladigan qurilmalar ro'yxatini e'lon qilishi kutilmoqda.

Xitoy brendlari va ushbu mamlakatda ishlab chiqarilgan routerlarning mazkur ro'yxatga kiritilmaslik ehtimoli juda yuqori.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar