date

iPhone 18 to'rt tomoni egilgan Samsung displeyiga ega bo'ladi

iPhone 18 to'rt tomoni egilgan Samsung displeyiga ega bo'ladi

"Apple" kompaniyasi kelajakdagi smartfonlari uchun maxsus displey yaratish borasida "Samsung" bilan hamkorlikni boshladi. Yangi texnologiya asosida ishlab chiqilayotgan panelda asosiy e'tibor qurilmaning qalinligini kamaytirish va dizaynni o'zgartirishga qaratilgan. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Muhandislar displeydagi polyarizatsiya qatlamidan voz kechishni rejalashtirmoqda. Bu yechim smartfon korpusini sezilarli darajada yupqalashtirish imkonini beradi.

Garchi bunday yondashuv sanoatda yangilik bo'lmasa-da, "Apple" hozirgacha o'z qurilmalarida undan foydalanmagan edi.

Eng katta o'zgarish displeyning shakli bilan bog'liq bo'ladi. Insayderlarning ma'lumotiga ko'ra, yangi ekran to'rt tomonlama qayrilgan konstruksiyaga ega bo'ladi.

Shu paytgacha "iPhone" modellarida faqat tekis ekranlar qo'llanilgan bo'lsa, endi ular "Android" qurilmalariga xos bo'lgan egilgan displey trendiga qaytishi mumkin.

Ekspertlarning fikricha, mobil sanoatdagi dizayn yo'nalishlari davriy xarakterga ega. Xitoy brendlari ko'pincha "Apple" g'oyalarini takrorlashini hisobga olsak, egilgan ekranlar yana ommalashishi kutilmoqda.

Ushbu texnologik yangiliklar kelasi yili sotuvga chiqadigan yubiley modelida taqdim etilishi taxmin qilinmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » iPhone 18 to'rt tomoni egilgan Samsung displeyiga ega bo'ladi