date

Jezush Ronalduga dam berdi va u maydonga tushmaydi

Jezush Ronalduga dam berdi va u maydonga tushmaydi

«Al-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronaldu nega navbatdagi uchrashuvni o‘tkazib yuborishini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Er-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida «Arkadag»ga qarshi bahs olib boradi. Portugaliyalik yulduz hujumchining tez orada maydonga qaytishi kutilayotgan bo‘lsa-da, bu safargi o‘yinda ham u qaydnomadan joy olmaydi.

Jezushning ta’kidlashicha, jamoa zich taqvim sabab Ronaldu va asosiy tarkibdagi yana bir qator futbolchilarga dam berishni ma’qul ko‘rgan. Murabbiy bu qarorni oldinda turgan muhim «Al-Fateh»ga qarshi uchrashuv bilan bog‘ladi.

Shuningdek, Jezush Ronalduning Saudiya Arabistoni tashqarisidagi o‘yinlarda vaqti-vaqti bilan ishtirok etmasligi yangilik emasligini ham qo‘shimcha qildi. Murabbiy so‘zlarini Al Nassr Zone keltirdi.

Saudiya chempionatidagi «Al-Fateh» — «Al-Nasr» uchrashuvi shanba, 14-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Jezush Ronalduga dam berdi va u maydonga tushmaydi