date

Yurgen Klopp va Toni Kroos "Real"da yangi davrni boshlashi mumkin...

Yurgen Klopp va Toni Kroos "Real"da yangi davrni boshlashi mumkin...

"Real Madrid" rahbariyati kelgusi mavsum oldidan katta oʻzgarishlarga qoʻl urishni rejalashtirmoqda. Klub bosh murabbiylik lavozimiga Yurgen Kloppni taklif qilish va uni Toni Kroos bilan birgalikda ishlash variantini jiddiy koʻrib chiqyapti.

Bu haqda jurnalist Ramon Alvares de Mun maʼlum qildi. Unga koʻra, nemis mutaxassisi hozir ham “qirollik klubi” uchun eng ustuvor nomzod sifatida qaralmoqda.

Klub ichida Kloppning tajribasi alohida qadrlanmoqda. U turli chempionatlarda ishlab, yuqori natijalarga erishgan, katta bosim ostida ishlashni yaxshi biladi. Shu jihatlar uni madridliklar uchun ideal tanlovga aylantirmoqda.

Qizigʻi shundaki, faqat murabbiy emas, balki yangi loyiha sifatida Toni Kroosni ham jamoaga qaytarish gʻoyasi muhokama qilinmoqda. Nemis yarimhimoyachisi klub tarixi va oʻyin falsafasini chuqur biladi, shu sabab uning qaytishi Klopp uchun qoʻshimcha tayanch boʻlishi mumkin.

Manbalarga koʻra, Klopp va Kroos oʻrtasidagi munosabatlar ham juda yaxshi. Ular bir-biriga ishonadi va oʻzaro tushunish darajasi yuqori. Bu esa yangi loyihaning muvaffaqiyati uchun muhim omillardan biri sifatida baholanmoqda.

Qisqacha aytganda, "Real Madrid" yangi bosqichga tayyorgarlik koʻryapti. Agar ushbu ssenariy amalga oshsa, “Bernabeu”da mutlaqo yangi, energiyaga toʻla davr boshlanishi hech gap emas.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Yurgen Klopp va Toni Kroos "Real"da yangi davrni boshlashi mumkin...