date

Nikolas Jekson yozda "Bavariya" tarkibini tark etadi

Nikolas Jekson yozda "Bavariya" tarkibini tark etadi

"Bavariya" sport direktori Maks Eberl hujumchi Nikolas Jekson joriy yozgi transfer oynasida jamoani tark etishini tasdiqladi. Myunxen klubi rahbariyati senegallik futbolchini sotib olish huquqidan foydalanmaslikka qaror qildi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Jekson o'tgan yili Londonning "Chelsi" klubidan ijara asosida Germaniyaga ko'chib o'tgan edi. Shartnomaga ko'ra, futbolchi ma'lum miqdordagi o'yinlarda ishtirok etmagani sababli, "Bavariya" uni to'liq sotib olish majburiyatiga ega emas.


24 yoshli hujumchi myunxenliklar safida 29 ta uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol urishga erishdi. U asosan yulduzli jamoadoshi Garri Keynning o'rinbosari sifatida harakat qildi.

Jeksonning "Chelsi" bilan amaldagi shartnomasi 2033-yilgacha mo'ljallangan.

Shuningdek, klubni Leon Goretzka va Rafael Gerreyro ham tark etishi ma'lum bo'ldi. Ularning shartnomalari yakuniga yetmoqda.

Shu bilan birga, Maks Eberl Maykl Olisning jamoada qolishini ta'kidladi.

Olisga "Real Madrid" va Angliya premyer ligasining bir qator klublari qiziqish bildirayotganiga qaramay, u Myunxenda qoladi. Fransiyalik futbolchining shartnomasi 2029-yilgacha amal qiladi va unda tovon puli ko'zda tutilmagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Nikolas Jekson yozda "Bavariya" tarkibini tark etadi