Shomurodov Turkiya chempionatining eng sermahsul futbolchisiga aylandi

Oʻzbekiston terma jamoasi hujumchisi va “Istanbul Basakshehir” futbolchisi Eldor Shomurodov Turkiya chempionatida eng sermahsul o‘yinchi sifatida peshqadamlik qilmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
21 fevral holatiga ko‘ra (Toshkent vaqti bilan), Shomurodov “gol+pas” tizimida 20 ochko jamg‘ardi: uning hisobida 16 ta gol va 4 ta golli uzatma bor. U turnir to‘purarlar ro‘yxatida ham birinchi o‘rinda bormoqda.
“Galatasaray” yulduzlari bilan taqqoslanganda ham Eldor ko‘rsatkichlarda ancha oldinda: Mauro Ikardida barcha o‘yinlarda 13 ta gol bor, Viktor Osimxen esa milliy chempionat doirasida 9 ta gol bilan kifoyalangan.
Eslatib o‘tamiz, Shomurodov to‘p surayotgan Oʻzbekiston terma jamoasi 2026 yil Shimoliy Amerikada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!