date

Jezush Ronalduni navbatdagi o'yin uchun dam oldirmoqda

Jezush Ronalduni navbatdagi o'yin uchun dam oldirmoqda

«Al-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronaldu nega yaqinlashib kelayotgan uchrashuvda maydonga tushmasligini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ar-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida «Arkadag»ga qarshi bahs olib boradi. Portugaliyalik yulduz hujumchining tez orada yana safga qaytishi kutilayotgandi, biroq bu o'yinda ham u jamoaga yordam bera olmaydi.

«Jadval juda tigʻiz. Shu sabab Ronaldu va asosiy tarkibdagi bir qator futbolchilarga dam berishga qaror qildik. Oldinda «Al-Fateh»ga qarshi muhim uchrashuv bor», — dedi Jezush. Uning soʻzlarini Al Nassr Zone keltirdi.

Murabbiy Ronalduga dam berilishi yangilik emasligini ham qoʻshimcha qildi: u Saudiya Arabistonidan tashqarida oʻtadigan ayrim uchrashuvlarda birinchi marta emas, yana maydonga tushmayapti.

Saudiya chempionati doirasidagi «Al-Fateh» — «Al-Nasr» o'yini shanba, 14-fevral kuni bo'lib o'tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Jezush Ronalduni navbatdagi o'yin uchun dam oldirmoqda