Liverpul va Chelsi APLdagi Aston Villa yulduziga qiziqmoqda

«Aston Villa» yarim himoyachisi Morgan Rodjers Angliya Premyer-ligasining yetakchi klublari diqqat markazida qolmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
23 yoshli futbolchi noyabr oyida birmingemliklar bilan 2031 yilgacha moʻljallangan yangi shartnoma imzolagan bo‘lsa-da, yaqin kelajakda uning klubni tark etishi ehtimoldan xoli emas. Jurnalist Ben Jeykobs xabariga ko‘ra, «Liverpul» va «Chelsi» Angliya terma jamoasi хавбекiga aniq qiziqish bildirmoqda. «Aston Villa» bilan transfer bo‘yicha muzokaralar yozda boshlanishi mumkin.
Transfermarkt portali Morgan Rodjersning bozor qiymatini 70 mln yevroga baholamoqda. U joriy mavsumda 38 uchrashuvda 10 ta gol va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing