Kavani Bokada tanqid ostida, kelajagi mavhum bo‘lib qoldi

Urugvaylik hujumchi Edinson Kavani «Boka Xuniors»ni tark etishi mumkin. Bunga uning o‘zi xohlagani emas, balki jamoa ichidagi vaziyat va muxlislar bosimi sabab bo‘layotgandek. So‘nggi o‘yinlarda uning harakatlari ishqibozlarni ko‘nglini to‘ldirmayapti va tribunadan hushtaklar tobora ko‘paymoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Eng so‘nggi uchrashuvda Kavani almashtirilgan paytda ham muxlislar uni keskin hushtakbozlik bilan kuzatdi. Almashtirish esa natijaga ta’sir qilmadi: «Boka» «Platense» darvozasini ishg‘ol qila olmadi va bahs 0:0 hisobida yakunlandi.
Endi Argentina OAV Kavani bilan shartnomani uzaytirish masalasiga juda ehtiyotkor yondashmoqda. Vaziyatni yanada murakkablashtirayotgan omil — klub paragaylik hujumchi Adam Bareyroni tarkibga qo‘shib oldi va ko‘pchilik u 39 yoshli tajribali futbolchini asosiy tarkibdan siqib chiqarishini kutmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!