Husanov Pep Gvardiola yordamida asosiy tarkibga tayyorlanmoqda

O‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov "Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola haqida iliq fikr bildirdi va uning yordami uning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega ekanini taʼkidladi.
Husanovning aytishicha, ispaniyalik mutaxassis u bilan individual tarzda ko‘p mashq qiladi va har bir o‘yin pozitsiyasini, harakatlar detallarini batafsil tushuntirib beradi.
“Men Pepdan chuqur minnatdorman. U men bilan alohida ko‘p vaqt sarfladi va o‘yinning har bir jihatini tushuntirib berdi. Biz qadamma-qadam rivojlanyapmiz — u menga bosim qo‘ymaydi va menga vaqt kerakligini yaxshi tushunib turibdi”, — dedi Husanov.
Shu fikrlardan ko‘rinib turibdiki, Gvardiola yosh himoyachini bosqichma-bosqich asosiy tarkibga tayyorlashni rejalashtirgan. Bunday individual yondashuv Husanov uchun tajriba orttirish va Yevropa futbol ligalaridagi faoliyatini mustahkamlashda katta ahamiyatga ega.
Muxlislar uchun bu xabar katta quvonch va umid manbaidir: Abduqodirning mehnati va Pepning maslahatlari orqali “shaharliklar”dagi faoliyati yana-da samarali va natijali bo‘lishi kutilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!