Antonio Rüdiger Real Madrid bilan shartnomani uzaytirdi

1 daqiqa o'qish290
Antonio Rüdiger Real Madrid bilan shartnomani uzaytirdi

Antonio Rüdiger Real Madrid jamoasida qoladigan bo'ldi. Germaniyalik himoyachi klubning shartnomani uzaytirish bo'yicha taklifiga rasman rozi bo'ldi va Madridda yana bir mavsum to'p suradigan bo'ldi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

AS nashri xabariga ko'ra, 31 yoshli futbolchi klubning faxriy o'yinchilar uchun belgilangan bir yillik shartnoma siyosatini hurmat qilgan holda, kelishuvga imzo chekdi. Rüdiger dastlab ikki yillik shartnoma istagan bo'lsa-da, yakunda jamoada qolishni ustun qo'ydi.

Chelsi klubidan kelganidan buyon muxlislar mehrini qozongan Rüdiger himoya chizig'idagi ishonchli o'yini bilan ajralib turadi. Uning bu qarori transferlar haqidagi barcha mish-mishlarga chek qo'ydi va u 2026-27 yilgi mavsumda ham "Qirollik klubi" sharafini himoya qiladi.

Joriy mavsumda jarohatlar tufayli qiynalgan himoyachi operatsiyadan so'ng o'z sport formasini tiklab oldi. Rüdigerning og'riqlarga qaramay maydonda ko'rsatgan matonati va fidoyiligi murabbiylar shtabi hamda klub rahbariyati tomonidan yuqori baholandi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?