date

Lamine Yamalning JChdagi ishtiroki so‘roq ostida

Lamine Yamalning JChdagi ishtiroki so‘roq ostida

Ispaniya terma jamoasi muxlislari uchun noxush xabar tarqaldi. The Athletic nashri xabariga ko‘ra, Barselona hujumchisi Lamine Yamal son qismidagi jarohati sababli 15-iyun kuni Kabo-Verdega qarshi o‘tadigan JChning ochilish o‘yinini o‘tkazib yuboradi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

18 yoshli futbolchi nafaqat birinchi tur, balki 21-iyun kuni Saudiya Arabistoniga qarshi kechadigan ikkinchi uchrashuvda ham maydonga tushishi gumon ostida qolmoqda. Yamal aprel oyi oxirida Selta Vigo bilan o‘yinda penalti tepish vaqtida jarohat olgan edi.

Ispaniya futbol federatsiyasi va Barselona klubi shifokorlari futbolchining tiklanish jarayonini birgalikda nazorat qilmoqda. Terma jamoa tibbiy shtabi vakillari muntazam ravishda Barselonaga tashrif buyurib, iqtidorli yosh futbolchining holatidan xabar olib turishibdi.

La Furia Roja murabbiylar shtabi Yamalni 26-iyun kuni Urugvayga qarshi guruh bosqichining so‘nggi bahsida safga qaytarishga umid qilmoqda. Agar yosh yulduz jarohatdan to‘liq forig‘ bo‘lmasa, bu Ispaniya terma jamoasining chempionlik ambitsiyalariga jiddiy zarba bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Lamine Yamal ikki yil avval Yevropa chempionatida Ispaniya g‘alabasiga katta hissa qo‘shgan edi. U terma jamoa safida 25 ta o‘yin o‘tkazib, 6 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Lamine Yamalning JChdagi ishtiroki so‘roq ostida