Borussiya Borussiya Dortmund Real Madrid hujumchisini transfer qilmoqchi

Borussiya Borussiya Dortmund kelasi mavsum uchun hujum chizig‘ini kuchaytirish maqsadida Real Madrid iqtidorli futbolchisi Gonzalo Garcia transferi ustida ish olib bormoqda. Nemis klubi sport direktori Ole Book futbolchini jamoaning asosiy maqsadi deb atadi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Sport1 xabariga ko‘ra, Borussiya Dortmund klubi 22 yoshli hujumchi bilan muzokaralarni boshlab yuborgan. Futbolchining o‘zi ham o‘z rivojlanishi uchun Bundesligani ideal muhit deb hisoblamoqda va Germaniyaga ko‘chib o‘tishga qarshi emas.
Biroq, tomonlar o‘rtasidagi kelishuvda moliyaviy muammolar yuzaga keldi. Real Madrid o‘z futbolchisi uchun 60 million yevro talab qilmoqda, bu summa Borussiya Borussiya Dortmund byudjeti uchun juda yuqori hisoblanadi.
Madridliklar ushbu transferni amalga oshirish uchun muqobil variantlarni, jumladan, futbolchini bir mavsumga ijaraga berishni taklif qilmoqda. Bu variant nemis klubiga katta xarajatlarsiz sifatli hujumchini jalb qilish imkonini berishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!