date

Samir Nasri ikki yil davomida o‘zga ism ostida o‘ynaganini tan oldi

Samir Nasri ikki yil davomida o‘zga ism ostida o‘ynaganini tan oldi

Arsenal va Manchester Siti klublarining sobiq yarim himoyachisi Samir Nasri o‘zining futbolchilik faoliyati boshlanishi haqida kutilmagan faktni ochiqladi. Fransiyalik futbolchi yoshlik yillarida yosh chegaralarini chetlab o‘tish uchun ikki yil davomida boshqa shaxs nomi ostida o‘ynaganini tan oldi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

K-Mel podkastida so‘zga chiqqan Nasri o‘sha davrda Fransiya futbol federatsiyasi qoidalariga ko‘ra, bolalar U6 toifasida ro‘yxatdan o‘tish uchun kamida besh-olti yoshda bo‘lishi kerakligini esladi. O‘sha paytda atigi to‘rt yoshda bo‘lgan Samirga maydonga tushish imkonini berish uchun mahalliy klub noan’anaviy yo‘l tutgan.

"Men soxta litsenziya bilan o‘ynaganman, boshqa bir bolaning ismi ostida maydonga tushardim", — deydi Nasri. Klubdagilar unga mahalladagi yoshi to‘g‘ri keladigan Alexandre Maras ismli bolaning hujjatlarini berishgan va ikki mavsum davomida u aynan shu nom bilan o‘ynagan.

Nasri o‘sha davrdagi xotiralari bilan o‘rtoqlashar ekan, murabbiylar unga doimiy ravishda o‘z ismini unutmaslikni uqtirishganini ta’kidladi. Keyinchalik o‘z iqtidori bilan ajralib turgan futbolchi 9 yoshida Marsel klubi tizimiga o‘tgan va professional faoliyatini muvaffaqiyatli davom ettirgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Samir Nasri ikki yil davomida o‘zga ism ostida o‘ynaganini tan oldi