“Manchester Siti” — “Liverpul”: Taxminiy tarkiblar bilan tanishing

Bugun Angliya kubogining 1/4 final bosqichi doirasida eng qiziqarli uchrashuvlardan biri — “Manchester Siti” va “Liverpul” jamoalari o‘rtasidagi dastlabki bahs bo‘lib o‘tadi. Har ikki jamoa muxlislari bu uchrashuvni intizorlik bilan kutmoqda, chunki o‘yin nafaqat chempionlik yo‘lidagi muhim bosqich, balki raqobatchi jamoalarning hozirgi formasi va salohiyatini baholash imkoniyati ham sanaladi.
Uchrashuvdan avval sport nashrlari jamoalarning ehtimoliy asosiy tarkiblarini eʼlon qilishdi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov “shaxarliklar” safida dastlabki daqiqalardan maydonga tushishi kutilmoqda.
“Sports Mole” nashrining taxminiga ko‘ra, “Manchester Siti”ning ehtimoliy asosiy tarkibi quyidagicha shakllangan:
- Trafford; Nunes, Husanov, Gexi, Ait-Nuri; Bernardu, Rodri, O‘Rayli; Semenyo, Xoland, Sherki.
Shuningdek, “Liverpul”ning ehtimoliy asosiy tarkibi esa:
- Mamardashvili; Soboslai, Konate, Van Deyk, Kerkez; Makallister, Gravenberx; Salax, Virts, Gakpo; Ekitike.
“CityXtra” nashri ham Abduqodir Husanovning asosiy tarkibda bo‘lishi ehtimolini ko‘rsatdi va uning jamoaga qo‘shadigan samarali taʼsirini taʼkidladi.
Husanov bu mavsumda ikki marta oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildi va dunyoning eng kuchli hujumchilariga qarshi maydonda o‘z qobiliyatini ko‘p marta isbotladi. Uning tezligi, texnik imkoniyatlari va xavfsizlikka berilgan eʼtibori bu bahsda muhim omil bo‘lishi kutilmoqda.
Shuningdek, “Liverpul” hujum chizig‘i bu mavsumda muammolarga duch kelgan bo‘lsa-da, ularda hali ham har qanday himoyani sinab ko‘rish uchun yetarli kuch mavjud. Husanovning yuqori surʼat va mustahkam o‘yini, shu bilan birga jamoasiga taktik jihatdan qo‘shadigan foydasi, uchrashuv natijasiga sezilarli taʼsir ko‘rsatishi mumkin.
“CityXtra” nashrining talqiniga ko‘ra, “Manchester Siti”ning ehtimoliy tarkibi:
- Trafford; Nunesh, Husanov, Ake, Ait-Nuri; Niko, O‘Rayli, Bernardu; Savinyo, Marmush, Doku.
Maʼlumot uchun, uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 16:45 da boshlanadi. Muxlislar bu bahsdan yuqori emotsional kayfiyat va qator aniq gollar kutishmoqda.
Abduqodir Husanov uchun bu uchrashuv nafaqat shaxsiy muvaffaqiyatni namoyon etish, balki xalqaro arenada o‘zbek futbolining nufuzini yana-da oshirish imkoniyati ham hisoblanadi. Muxlislar uning maydondagi harakatlarini katta qiziqish bilan kuzatadilar.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!