date

Jose Mourinho Real Madridga qaytmoqda

Jose Mourinho Real Madridga qaytmoqda

Mashhur portugaliyalik murabbiy Jose Mourinho yana bir bor Madridning Real Madrid klubi boshqaruviga qaytishga yaqin turibdi. Fabrizio Romano xabariga ko‘ra, tomonlar ikki yillik shartnoma bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishgan va mutaxassis mavsum yakunlangach, Alvaro Arbeloa o‘rnini egallaydi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Mourinho o‘tgan mavsumni Portugaliyaning Benfica klubida o‘tkazib, ichki chempionatda birorta ham mag‘lubiyatga uchramagan bo‘lsa-da, jamoa uchinchi o‘rin bilan kifoyalandi. Florentino Perez jamoadagi barqarorlikni tiklash va natijalarni yaxshilash maqsadida aynan tajribali murabbiyga ishonch bildirishga qaror qildi.

Yangi bosh murabbiy tarkibni kuchaytirish ustida ham ish boshlab yuborgan. Xabarlarga ko‘ra, Mourinho o‘zining sobiq shogirdi Marcus Rashfordni Madridga olib kelmoqchi. Ayni damda Barselona safida ijara asosida o‘ynayotgan hujumchini transfer qilish orqali klub raqibiga jiddiy zarba berishni rejalashtirmoqda.

Bu tayinlov Real Madrid uchun yangi davr boshlanishini anglatadi. 2013-yilda klubni tark etgan Mourinho o‘zining taktik g‘oyalari va qat’iy intizomi bilan Madrid jamoasini yana yuksak cho‘qqilarga olib chiqishga harakat qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Jose Mourinho Real Madridga qaytmoqda