Samsung yangi Galaxy M47 va F70 Pro smartfonlarini taqdim etishga tayyorlanmoqda

Samsung o‘zining o‘rta segmentdagi ikkita yangi smartfoni — Galaxy M47 5G va Galaxy F70 Pro 5G modellarini bozorga chiqarish arafasida. Qurilmalar Hindistonning BIS regulyatori bazasida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, bu ularning rasmiy taqdimoti yaqin ekanligidan dalolat beradi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, SM-M476B/DS va SM-E476B/DS indeksli ushbu modellar ikkita SIM-karta qo‘llab-quvvatlashiga ega. IMEI bazasidagi yozuvlar ushbu qurilmalar aynan Galaxy M47 5G va Galaxy F70 Pro 5G ekanligini tasdiqlaydi.
Geekbench ma’lumotlariga ko‘ra, Galaxy M47 5G smartfoni Snapdragon 6 Gen 3 protsessori, 8 GB tezkor xotira va Android 16 operatsion tizimiga asoslangan One UI 8 grafik qobig‘i bilan jihozlanadi. Protsessor tarkibiga 2,4 GGs chastotali to‘rtta unumdor va to‘rtta tejamkor yadro kiradi.
Ekspertlarning fikricha, model raqamlarining o‘xshashligi Samsung ushbu smartfonlarni turli bozorlar va savdo maydonchalari uchun bir xil texnik xususiyatlar bilan, biroq turli nomlar ostida chiqarishni rejalashtirayotganini anglatadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!