date

“Surxon” Termizda “Buxoro”ni ustidan muhim g‘alaba qozondi

“Surxon” Termizda “Buxoro”ni ustidan muhim g‘alaba qozondi

O‘zbekiston Superligasining 5-turidan o‘rin olgan so‘nggi bellashuvda “Surxon” o‘z maydonida “Buxoro” jamoasini qabul qildi. Gollarga boy va qiziqarli kechgan uchrashuvda mezbonlar 3:1 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi.

O‘yinning ilk daqiqalaridanoq “Surxon” faollikni qo‘lga oldi. 6-daqiqada Sunnatullo Abdullajonov hisobni ochib, jamoasini oldinga olib chiqdi. Oradan ko‘p o‘tmay, 9-daqiqada Stefan Chinedu aniq zarba bilan ustunlikni ikki baravarga oshirdi va mehmonlar himoyasini shok holatga soldi.

33-daqiqada “Buxoro” hujumchisi Shahzodbek Ubaydullayev javob golini kiritib, intrigani qaytardi. Biroq birinchi bo‘limning so‘nggi daqiqalarida “Surxon” yana ustunligini namoyon qildi — 45+3-daqiqada Chinedu penaltidan aniq zarba yo‘llab, dubl qayd etdi va hisobni 3:1 ko‘rinishiga olib keldi.

Ikkinchi bo‘limda har ikki jamoa hujumlarda harakat qilgan bo‘lsa-da, hisob o‘zgarmadi. Mezbonlar o‘yinni nazorat ostida ushlab turdi va muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdi.

Superliga. 5-tur

Surxon – Buxoro 3:1

Gollar: Sunnatullo Abdullajonov, 6 (1:0), Stefan Chinedu, 9 (2:0), Shahzodbek Ubaydullayev, 33 (2:1), Stefan Chinedu, 45+3 pen (3:1)

Surxon: 86.Davron Merganov, 2.Behruzjon Karimov, 4.Nodirxon Neʼmatxonov, 5.Jamaldin Xojaniyazov (3.Behruz Jumatov, 60), 6.Behzod Shamsiyev (s), 7.Dostonbek Tursunov (11.Richard Emeka Fraydey, 69), 8.Humoyun Sherbo‘tayev (14.Tohirjon Ashurbayev,60), 9.Chinedu Stefen, 10.Sunnatulla Abdullajonov (21.Tornike Jebniauri, 46), 17.Sarvar Abduhamidov, 66.Behruz Shaydulov.

Buxoro: 12.Umidjon Hamroyev, 2.Velko Filipovich, 7.Xurshidbek Muxtorov (s), 10.Shahzodbek Ubaydullayev (9.Nika Kacharava,57), 11.Temur Mamasidiqov, 17.Javohir Ro‘ziyev (22.Asadbek Jo‘raboyev, 73), 21.Mixeil Basheleishvili (6.Ravshan Hayrullayev, 46), 25.Sherzod Esanov, 27.Muhammad Yuldashev, 88.Dominik Begich (78.Vladimir Rodich, 46), 97.Shaxboz Jo‘rabekov.

Ushbu natijadan so‘ng “Surxon” ochkolari sonini 7 taga yetkazib, turnir jadvalida 9-pog‘onaga ko‘tarildi. “Buxoro” esa 10 ochko bilan 5-o‘ringa tushib qoldi.

Bu g‘alaba “Surxon” uchun nafaqat turnir jadvalidagi holatni yaxshilash, balki jamoaning ruhiy holatini ko‘tarish nuqtai nazaridan ham katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Muxlislar esa Chineduning samarali o‘yini va jamoaning jonkuyar harakatlaridan mamnun bo‘lib, keyingi o‘yinlarda ham shunday natijalarni kutishmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » “Surxon” Termizda “Buxoro”ni ustidan muhim g‘alaba qozondi